PREMIUM Dacha Stoli (6 kishilik)
Jahon Invest Plast tomonidan ishlab chiqarilgan
PREMIUM Dacha Stoli – Jahon Invest Plast tomonidan ishlab chiqarilgan, ochiq havoda (bog‘, dacha, hovli) yoki yopiq joylarda (terasa, oshxona) foydalanish uchun mo‘ljallangan mustahkam va zamonaviy plastmassa stol. 6 kishilik o‘tirish uchun yetarli joyga ega bo‘lgan ushbu model qulaylik, gigiyena va amaliylikni birlashtiradi.
Asosiy xususiyatlari:
– O‘lchami: 150 × 90 × 75 sm
– Material: yuqori sifatli, mustahkam plastmassa
– Rangi: oq, yong‘oqsimon (bereze), yashil, jigarrang, suti rang (malochniy), och jigarrang (polovoy), kulrang, ko‘k, qora
– Dizayn: silliq va tekis yuzali, yumaloq burchakli
– Oyoqlari: sozlanadigan (har bir oyoq alohida balandlikka moslashtiriladi)
Afzalliklari:
– Keng va qulay o‘lcham — 6 kishilik foydalanish uchun mos
– Mustahkam va bardoshli — uzoq muddat xizmat qiladi
– Silliq yuzasi — tozalash oson
– Gigiyenik va ekologik xavfsiz
– Sozlanadigan oyoqlar: Stol notekis pollarda yoki turli balandlikdagi yuzalarda ham barqaror turadi. Oyoqning buriladigan qismi orqali har bir oyoq alohida sozlanadi, bu esa stolning tebranishini oldini oladi va foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.